Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda benzovoz yonishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 200 nafarga yaqinlashdi
Pokiston sharqida 25 iyun kuni benzovoz yonib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 190 kishiga yetdi. Bu haqda Associated Press mahalliy amaldorlarga asoslangan holda xabar tarqatdi.
Bundan avvalgi xabarlarda qurbonlar soni 170 nafardan oshiq ekani aytilgandi.
Bahavalpur shahri hokimi Rao Taslim Ahmadning so‘zlariga ko‘ra, yana 17 kishi shifoxonada yong‘in vaqtida olingan jarohatlardan vafot etgan. U yana bir qancha kishi og‘ir ahvolda qolayotgani va qurbonlar soni ortishi mumkin ekanini qo‘shimcha qilgan.
Hodisa Panjob viloyatida yakshanba kuni ertalab yuz bergan. Mahalliy aholi to‘ntarilib ketgan benzovoz oldida, yo‘lga oqib ketgan yoqilg‘ini yig‘ib olish uchun to‘plangan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ba'zi kishilar sigareta chekishgan hamda shu orqali yong‘in yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. O‘nlab avtomobillar, 75 ta mototsikl olov domida qolgan.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026