“Öztransgaz” AKning ma'lum qilişiça, Özbekiston Respublika Moliya vazirligining 2017 yil 29 iyundagi №19-03-22-06-ÖzR-27-2017-sonli narxlarni röyxatga oliş reyestriga muvofiq Özbekiston Respublikasi ulgurji iste'molçilariga (şu jumladan issiqlik ta'minoti korxonalariga) yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxi özgaradi.

Unga köra, 2017 yilning 15 iyulidan QQS hisobga olingan holda 1000 kub metri uçun 263 400 söm qilib belgilandi.

Tabiiy gaz kaloriya uçun qayta hisob-kitobsiz beriladi.

Ulgurji iste'molçilarga (şu jumladan issiqlik ta'minoti korxonalariga) tabiiy gazning ulgurji narxi uning fizik-kimyoviy körsatkiçlaridan qat'i nazar yagona hisoblanadi.

Mazkur reyestr amal qilina boşlanilişi bilan ulgurji iste'molçilar (şu jumladan issiqlik ta'minoti korxonalar) uçun amal qiluvçi 2016 yilning 13 sentabrdagi №19-03-22-06-ÖzR-57-2016-sonli reyestr öz kuçini yöqotadi.