Bolangiz tengdoşlari tomonidan ruhiy bosimga uçrayotgan bölsa, gij-gijlaş, jismoniy zöravonlikka duç kelsa, qanday yöl tutgan ma'qul? Nega ösmirlar bir-birlariga nisbatan şafqatsizlik qiladilar, oilada, öquv muassasalarida, yoşlar markazlarida, boringki davlat miqyosida bunga qarşi qanday kuraşiş mumkin? Kommersant.uz masalaga oydinlik kiritişga urinib kördi.

May oyida Toşkent şahrida bir ösmirning tan jarohatlaridan vafot topgani voqeasi jamiyatda çuqur muammolar mavjudligini namoyon etdi. Jumladan, ösmirlar örtasidagi jismoniy tajovuzkorlik hamda maktablar, kollej va litseylardagi tengdoşlararo ziddiyatlar ançayin xavfli va nazoratga olinişi zarur bölgan hodisa ekanligini ota-onalar ham anglab yetdilar.

Ösmirlar tajovuzkorligi sababi nimada?

Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji psixolog-pedagogi Sayyora Örinboyeva:

“Tajovuzkorlik – bu yoşlarning özini himoya qilişidir. Bu yöl bilan ular ösmirlik çoğida şakllanuvçi öz “men”ini himoya qiladi. Şuningdek, tengdoşlar örtasida yetakçilik uçun kuraş yuzaga keladi. Salbiy ruhiyatga ega öquvçi jamoada eng “zör” bölişga intiladi. Sinf rahbari guruh yoki sinfdagi muhitni ziyraklik bilan payqaşi va yetakçilikka intilişni töğri özanga yöllaşi lozim. Bundan taşqari, ota-onalar tomonidan tuşuniş va qöllab-quvvatlaş ham öta muhim. Agar bu yetarli darajada bölmasa, bolalar yomon xulq-atvor bilan özlariga e'tibor jalb qila boşlaydilar”.

260- örta maktab psixologi Lyudmila Mayorova:

“Köpçiliklaşib döpposlaşgaça boradigan şafqatsizlik holatlarining sababi tuşunarli, aniq va odatiy. Jasur Ibragimov işi haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumotlarni örgansak, köramizki, bir qança talabalar intizom qoidalarini bir neça marta buzganlar va jismoniy kuç işlatganlar. Bu yerda ota-onalarning munosabati juda muhim. Özining aloqalaridan foydalanib, bolaning oldini oliş, uni qilmişiga yaraşa munosib jazodan saqlab qoliş mumkin emas. Bu oila, jumladan bola uçun katta kulfat keltiradi. U bolaligidanoq özini jazosiz qolişini bilib katta böladi, xulq-atvor qoidalarini qabul qilmaydi, döstlariga, öqituvçilarga hurmat nimaligini tuşunmaydi. Ota-onasi uning barça muammolarini hal qilib berişini biladi. Har narsa mumkinligi bolani va uning ruhiyatini barbod qiladi.