Yozda organizm özidan köproq namlik çiqaradi, bu esa uni köproq suv bilan ta'minlaş kerakligidan dalolat beradi. Ha, aynan suv bilan: gazlangan şirin içimliklar, qahva va hatto katta porsiyadagi karam şörva ham yordam bera olmaydi. Çanqoqni töğri qondiriş juda muhim, suv-tuz balansini nazorat qilişni örganib olsangiz, organizmingizda jiddiy (ijobiy) özgarişlar yuz beradi. Don't Panic şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi.
Qorin oçganda ham suv içing

Parhezning bunga aloqasi yöq. Oçlik va çanqoqlik hissi juda öxşaş, şuning uçun qorningiz oçsa, suv içib olişga harakat qiling. Sport bilan şuğullanganda suv içiş zarur. Yuguriş yölakçasida bir soatlik maşqdan keyin ham çanqamadingizmi? Bu zöriqiş natijasida tananing "dovdiraşi" va miyaga signal yetkazişga ulgurmasligi tufaylidir, özingizni zörlab bölsa ham suv içing.
Suvsizlik nazorati

Kuniga ikki litr suv içiş hammaga ham töğri kelavermaydi. Organizm qança namlik ajratsa, şunça suv içiş kerak böladi. Favqulodda holatlarda uç litrgaça ter ajralişi mumkin, şundan ehtiyot böling. Heç qanday favqulodda holatlar kutilmayaptimi? Yanada yaxşi. Katta yoşli erkakning 1 kilogramm vazniga taxminan 40-45 ml suv kerak böladi. Bu sutkalik me'yor hisoblanadi.
Kiçik porsiyalarda

Ertalabdan bir litr suv içib olib, me'yorning yarmi bajarildi, deb öylaş notöğri. Bu holda oşqozoningizni çözganingiz qoladi, xolos. Yaxşisi, iş örnida yarim litrli gazlanmagan suvni qöyib qöyiş maqsadga muvofiqdir. Mana körasiz, organizmning özi avtomatik ravişda signal berib turadi.
Şunçaki suv emas

Suvni uyga buyurtma qiliş yoki uni muntazam ravişda dökondan xarid qilişdan köra yaxşiroq variant bor. Bir marta yaxşi filtrga xarajat qilsangiz, u nafaqat suvni tozalaydi, balki uni foydali minerallar bilan ham töyintiradi. Fiziologik foydali suv talay foydali moddalarga boy böladi: kaliy, natriy, kalsiy, magniy, xloridlar, sulfatlar, bikarbonatlar va ftoridlar.

















