Özbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Öta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik obektlarni quriş, rekonstruksiya qiliş va kapital ta'mirlaş direksiyasiga yangi rahbar tayinlandi.
29 iyun kuni tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining şu haqdagi qaroriga asosan Rustam Şoabdurahmonov şu lavozimga tayinlangan.
Rustam Şoabdurahmonov 2001—2005 yillarda Toşkent şahar hokimi lavozimida faoliyat olib borgan. U şuningdek, turli yillarda Makroiqtisodiyot va statistika vaziri va vazir örinbosari sifatida ham işlagan, 1999-2004 yillarda Oliy Majlis deputati bölgan.
Eslatib ötamiz, direksiya Özbekiston hukumatining 15 iyundagi qarori bilan taşkil etildi. U öta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik obektlarni quriş, rekonstruksiya qiliş va kapital ta'mirlaş böyiça loyihalarga buyurtma beriş, ularning sifatli amalga oşirilişi ustidan nazorat qiliş bilan şuğullanadi.
















