Toşkent şahar boş imom-xatibi Anvar qori Tursunov Xalqaro press-klubning Majburiy ijro byurosi faoliyatiga bağişlangan anjumanida iştirok etgaç, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama mavzusiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqdagi guruhlarda qorining qölidagi soatiga e'tibor qaratilgan, u narxi 20 ming dollardan ortiq bölgan Ulysse Nardin rusumli soat taqqani aytilgandi.
«Kun.uz» sayti uşbu vaziyat yuzasidan munosabatini sörab, Anvar qori bilan suhbat uyuştirdi.
Toşkent şahar boş imom-xatibi özi haqida tarqalgan gap-sözlardan xabardor ekanini, bu haqda öqiganini aytdi.
«Avvalo bir narsani yaxşi tuşunişimiz kerak. Islom dinida boy böliş yaxşiligi aytiladi. Boylik halol bölsa, Alloh xohlagan bandasiga beradi. Faqat halol böliş kerak, pokiza böliş kerak. Boy böliş yaxşi.
Imom A'zam juda badavlat bölgan, eng qimmat kiyimlarni kiygan. Juda özlariga qarab yurganlar. Çunki, payğambarimiz aytgan: «Alloh gözaldir, gözallikni yaxşi köradi». Imomlar, ziyolilar çiroyli kiyimlarni kiyişgan. Bir narsani aytiş kerak, boylik qoralanmaydi. Boy odam yomon odam degani emas.
Yana bir narsani aytaman - men boy emasman. Buni köpçilik biladi. Beş farzandim bor, nabiralarim bor, özgadan qarzim yöq, özimga töq yaşayman», deya gap boşlagan imom.
U özi haqida gumon qilib, gap-söz qilganlar, avval ma'lumotni tekşirib, keyin e'lon qilişi kerak bölgani, özidan söraş kerak bölganini ta'kidlagan.
«Keça ham aytdim, yana qaytaraman. Xuddi mana şu xonada, Hayitdan ikki kun oldin soatimni burayotgan edim, buraydigan joyi «çiq» etib çiqib, buzilib qoldi. Bu yerda bir yaxşi ukamiz turgan edi, «Qori aka, menga bering, tuzatib olaman, tabarruk», deb söradi. U keyingi kuni boşqa yangi soat olib kelib «Sizga hayitlik», deb berdi. Bizning işimizda soat juda kerak. Yoşim 59da, közlari kattagina ekan, deb taqib oldim.
Keyingi kunlarda şu gap-sözlar çiqdi. Men öşa yigit bilan gaplaşdim, soat neça pul turişini söradim. «Men buni Amirlikka borganimda 200 yoki 250 dollarga olganman. Soatlarim köp, bittasini sizga hadya qilib olib kelgandim. Bu unaqa qimmat narsamas», deb, izohini berdi.
Men xafa böldim, ular esa mendan söramasdan, suriştirmasdan, şunday gaplarni yozişdi. Ular imomlar şunday qimmat soat taqadi demoqda. Birinçidan, bu tuhmat. Ikkinçidan, men oltin soat taqmayman. Payğambar (s.a.v.) erkaklarga oltin soat taqişni taqiqlagan. Bu oddiy soat, yangi bölgani uçun, yaltirab turgani uçun qimmatbaho köringan.

















