Ilon Mask u boşqarayotgan Tesla kompaniyasi Janubiy Avstraliya uçun jahondagi eng katta litiy-ionli akkumulyatorni 100 kun içida yaratişini va'da qildi. Bu akkumulyator energiyani töplab, ob-havoning avzoi buzilişi tufayli elektr ta'minoti uzilgan vaqtlarda undan foydalaniş imkonini beradi. Loyiha çindan ham uluğvor, uni amalga oşiriş uçun ajratilgan vaqt esa öta qisqa, deb yozmoqda Hi-news.ru
Tesla rahbari Ilon Mask 2017 yilning martida bir vaqtning özida quyoş energiyasidan tok yetkazib beruvçi SolarCity firmasiga ham egalik qiluvçi uning elektromobillar işlab çiqaruvçi kompaniyasi ob-havoning noqulayliklari sababli elektr energiyasi ta'minotida uzilişlar kuzatiluvçi Janubiy Avstraliya hududidagi muammolarni hal qila olişini va'da qilgan edi.
Ilon Mask Twitter’da öz niyatlarining jiddiyligini bayon qilgan — yo uning kompaniyasi 100 kun içida vazifani uddalaydi, yoki u bu uluğvor tizimning montaji uçun pul olmasdan, tekinga taşlab ketadi. Tesla Janubiy Avstraliyada dunyodagi eng katta litiy-ionli akkumulyator barpo etiş uçun tenderni yutib olgan.
Bu tenderni Tesla 91 ta kompaniya içidan yutib olgan, bunga nafaqat Ilon Maskning obrösi va u erişgan haqqoniy natijalar, şuningdek, uning öta tantanali va'dasi ham sabab bölgan. Kompaniya rejalariga köra Janubiy Avstraliyaga 100 megavattli litiy-ionli energiya saqlovçi akkumulyator yetkazib beriladi.
Agar bu gigant batareya yaratilsa, u şu paytgaça işlab çiqarilgan litiy-ionli batereyalar içra eng yirigi böladi. Unda Tesla’ning 2015 yilda ilk bor namoyiş etilgan Powerpack tizimidan yanada keng miqyosda foydalanilsa kerak.
Akkumulyator şamol yordamida işlab çiqariladigan energiyani saqlaşga möljallanmoqda. Tesla Powerpack tizimi bu hududlarga xos bölgan şamollarni tiklanuvçi energiya manbaiga aylantiradi.
Bu sistemaning xususiyati şundan iboratki, u masalan, quyoş energiyasini foydalanişga ehtiyoj kamaygan vaqtlarda yiğib, zaruriyat tuğilgan vaqtda uni xarjlaş imkonini beradi. Bunday yondaşuv xarajatlarni va tiklanmas energiya manbalariga qaramlikni kamaytiradi.
Barpo etilayotgan akkumulyatordan 30 mingta uyni tok bilan ta'minlaş mumkin böladi.
Tesla ikki yil muqaddam Powerwall va Powerpack tizimlarini taqdim etgaç, kompaniya yanada taraqqiy etdi. Tesla allaqaçon Havai orollaridan biri — Kauaini energiya bilan ta'minlaşni yölga qöygan. Buning uçun Powerpack texnologiyasi asosida işlovçi, quyoş energiyasini tokka aylantiruvçi quvvatlar işga solingan.

















