Özbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvçi Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarining muborak Haj ziyoratiga boriş böyiça bildirgan  istaklari hamda “Nuroniy” jamğarmasining taklifi inobatga olinib, ilgari Haj ziyoratiga borolmagan yoki bunga imkoni bölmagan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari Prezident tomonidan ajratilgan mablağlar hisobidan Haj ziyoratiga yuboriladigan böldi. 

Şu asosda “Nuroniy” jamğarmasi, Din işlari böyiça qömita, mahalliy hokimliklar hamda boşqa jamoat taşkilotlari iştirokida Haj ziyoratiga boriş istagini bildirgan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarining röyxati şakllantirildi hamda ularning barçasi örnatilgan tartibda töliq tibbiy körikdan ötkazildi.

Ayni kunlarda 73 nafar Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari Haj safariga boriş taraddudini körmoqdalar. Ular Prezidentning xalq manfaati yölida amalga oşirayotgan ezgu işlari hamda nuroniy-faxriylarga körsatilayotgan bunday yuksak e'tibor va ğamxörliklari uçun çuqur minnatdorçilik bildirib, doimo duoda ekanligini izhor etmoqdalar.