
AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan G20 sammitidagi yana bir uçraşuvi haqidagi xabarlarga izoh berdi. OAVning taxminiça, bu maxfiy uçraşuv bölgan.
«Putin bilan maxfiy keçki ovqat haqidagi yolğon xabar – dahşatli. G20’ning barça yetakçilari hamda ularning rafiqalari Germaniya kansleri tomonidan taklif etilgan. Matbuot buni bilardi!» - deya yozdi u.
Uning sözlariga köra, «OAV feyk xabarlar bilan» tobora yolğonlar girdobiga tuşib qolayotgan ekan.
«Germaniyada 20 nafar yetakçi uçun taşkil etilgan keçki ovqat ham dahşatli körinib ketmoqda!» - deya qayd etgan Tramp.
Avvalroq OAV Putin va Tramp G20’da «maxfiy» uçraşuv ötkazişganini xabar berdi. Keyinçalik Oq uy bu uçraşuv qisqa suhbatdan iborat bölganini ma'lum qildi.
















