Mamlakatda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar samarasida şaharu qişloqlar zamonaviy qiyofa kasb etib, aholi turmuş farovonligi yuksalmoqda, deb yozadi ÖzA.

Buni Farğona tumani Şohimardon qişloği misolida ham yaqqol köriş mumkin. Purviqor toğlar bağridagi bu qişloq mustaqillik yillarida yanada çiroy oçib, aholi yaşaş tarzida tub özgarişlar röy berdi. 

Toğ odamlari ham qişloqning özidek bağrikeng, samimiy, mehnatkaş. Yoşlari iste'dodli. Afifa ismli uç yoşli qizaloqning noyob iste'dodi haqidagi gaplar viloyat markazigaça yetib borgan. 

– Endi tili çiqa boşlagandayoq qizimning xotirasi kuçli ekanini payqagandim, – deydi onasi Mahliyo Qöşoqova. – Qanday ertak öqib bermaylik, butun matnni bolalarga xos tilda qayta hikoya qila olardi. Bir kuni buvisi davlatlar nomi, ularning poytaxtlari haqida gapirib berdi. Qizim barçani lol qoldirib, xuddi öşa tartibda birma-bir qaytardi. Keyin globusdan mamlakatlar joylaşuvini tuşuntirdi. Afifa heç qiynalmasdan öşa davlat va uning poytaxtini körsatar va nomini aytardi. 

ÖzA muxbiri ham qit'a va davlatlar nomini ataylab çalkaştirib aytgan. U heç adaşmay “yer şari”dan öşa qit'a yoki davlatni topdi va poytaxti falon şahar deb, jajji barmoqlari bilan körsatgan. Umuman, dunyo xaritasidan 183 davlatni heç qanday xatosiz körsatib bergan.