Sönggi kunlarda Özbekistonning eksklav hududlari – Söx va Şohimardonga ötib-qaytişda muammo yuzaga kelgan. Bu haqda Kun.uz’ga bir neçta murojaat kelib tuşdi.
Murojaatçilarga köra, 1 maydan buyon Qirğiziston tomoni çegara postlarida agar transport vositasi boşqa şaxs nomida bölsa boş işonçnoma talab qilina boşlangan. Bu çegara postlari oldida uzun navbatlarni hosil qilgan.
«Söxdan Farğona şahriga borişimiz uçun 4 ta çegara postidan ötamiz. Yaqingaça yaqin qarindoşimiz nomidagi maşinani boşqarib ötib-qaytişda muammo yöq edi. 1 may kunidan beri ötkazmay qöyişdi. Endi otamning nomidagi maşinada Farğona şahriga borib kelolmas ekanman.
Yoş bolalilarni, hatto bemor olib ketayotganlarni ham ötkazişmayapti. Faqat maşina özingniki bölsa ötasan, deb turib olişgan», deydi murojaatçilardan biri.
Boşqa bir murojaatçi esa maşina egasi yonida ötirgan bölsa-da, çegaradan öta olmaganini aytadi.
«Maşina onamning nomida edi. Onam yonimda ötirgandi. Ammo ötkazişmadi. Onamni Şohimardonga davolatişga olib borayotgandim. Köpçilik qaytib ketmoqda. Ayrimlar maşinasini Özbekiston hududiga qöyib, 4 ta taksi almaştirgan holda borişyapti. Bu holatdan keyin çegara posti oldidagi avtoturargoh narxini ham 3 ming sömdan 15 ming sömga kötarib qöyişdi», deydi u.
Kishvar.uz sayti mas’ullarga tayanib bergan munosabatiga köra, Qirğiziston tomoni bilan uşbu masala yuzasidan gaplaşilgan.
«10 mayga qadar uşbu ortiqça hujjatlar eksklav hududlar aholisidan söralmasligi ma’lum qilindi. Mazkur tartib faqat söxliklar uçun emas, aslida barça xorij fuqarolari uçun Qirğiz Respublikasi tomonidan joriy etilgan. Ammo Ӯzbekistonning eksklav hududlarini hisobga olib, uşbu tartib muddatini uzaytiriş hamda tatbiq etilmaslik böyiça muzokalar olib borilmoqda», deyiladi munosabatda.
Kun.uz holatga oydinlik kiritiş maqsadida Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev bilan boğlandi.
«Qirğiz Respublikasi qonunçiligiga mamlakat hududiga kirib kelayotgan haydovçilardan agar transport vositasi boşqa birovning nomida bölsa, boş işonçnoma talab qiliş böyiça özgartiriş kiritilgan. Mazkur özgartiriş 1 may kunidan kuçga kirgan. Biroq qöşnilarimiz yangi tartib böyiça Özbekiston tomonini rasmiy axborot bilan ta’minlamagan. 1 maydan söng haqiqatan çegaradan qaytariş boşlangan»













