Mustaqil davlatlar hamdöstligiga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari kengaşi 2017 yilning 3 noyabr kuni Özbekiston poytaxtida ötkaziş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Minskda MDH vakillari örtasida ötkazilgan yiğiliş yakunida ma'lum qilingan.
MDH Hukumat rahbarlari kengaşi hukumatlarning iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi hamkorligini muvofiqlaştiradi. MDH Hukumat rahbarlari yiğilişi yiliga ikki marta ötkaziladi, navbatdagi yiğiliş a'zo davlatlardan biri taşabbusi bilan çaqirilişi mumkin. Oxirgi yiğiliş şu yil mayida Rossiyaning Qozon şahrida ötkazilgandi.
Eslatib ötamiz, Toşkent şahrida şu yil 7 aprelida MDH Taşqi işlar vazirlari kengaşi majlisi bölib ötgandi.
Majlisga Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov raislik qilgandi.
Delegatsiyalar rahbarlari taşkilot faoliyatining turli yönalişlaridagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlaniş istiqbollari, xalqaro va mintaqaviy masalalarni hal etişdagi uning roli va ahamiyatini oşirişni muhokama etişgandi.
Tadbirda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantiriş hamda MDH davlatlarining barqaror rivojlanişini ta'minlaşning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşilgan.
















