Albert Eynşteynning eng maşhur fotosurati – olim öz tilini körsatib turgan tasvir 27 iyul kuni kimoşdi savdosiga qöyiladi. Bu haqda Nate D. Sanders Auctions auksion uyi saytida xabar berildi. Suratga Eynşteynning özi imzo qöygan. Fotoning avvalgi nusxalari maksimum 44 ming dollarga sotilgan.
Fotosuratni Artur Sasse Eynşteyn 72 yoşga tölişi munosabati bilan uyuştirilgan bazmdan söng olgan. Çarçagan fizik maşinaga ötirganida, fotosuratçi uning yoniga kelib, undan fotoga tuşişni söragan. Eynşteyn unga qayrilib, tilini çiqargan. Fizik bazmda olingan barça fotosuratlarning nusxasini olgaç, sönggisini alohida maqtagan va undan köplab nusxalar köçirib berişni söraydi. Şundan söng, u bu fotosuratlarni tabrik xatlari bilan birga yuborgan.

Sotuvga qöyiladigan foto şunisi bilan e'tiborga loyiqki, unda Eynşteynning hamrohlari – Prinstondagi istiqbolli tadqiqotlar instituti direktori Frenk Eydelott va uning rafiqasi Mari Janettni ham köriş mumkin. Biroq, köplab suratlar şunday kesilganki, ularda faqatgina Eynşteynning özi tasvirlangan.
















