Yuridik universitet qabul komissiyasi abituriyentlarga soxta tibbiy ma'lumotnomalar sotilganini aniqladi
Joriy yilda Toshkent davlat yuridik universitetiga hujjat topshirgan ayrim abituriyentlar 086-U-shakl bo‘yicha soxta tibbiy ma'lumotnoma taqdim etgan. Bu haqida TDYuU qabul komissiyasi ma'lum qildi.
Aniqlanishicha, TDYuU qabul komissiyasi vakillari hujjatlarni sinchiklab o‘rganib chiqqanda o‘nlab abituriyentlar soxta tibbiy ma'lumotnomalar taqdim etayotgani ma'lum bo‘lgan. Soxta tibbiy ma'lumotnomalar original ma'lumotnomaning skanerlangan va rangli printerdan chop etilgan varianti bo‘lib, har bir abituriyentning rasmi alohida yopishtirilgan edi.
Abituriyentlar bilan bo‘lgan suhbatda, mazkur ko‘rinishdagi soxta tibbiy ma'lumotnomalarni 10 ming so‘mdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi haq evaziga sotib olishganligini ma'lum qilishgan.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablariga ko‘ra, abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan (oliy ta'lim muassasasidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari o‘rnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
Mazkur qoidadan kelib chiqib, ushbu abituriyentlar test sinovlaridan chetlashtirildi va hujjatlar Yunusobod tuman IIBga yuborildi. Hozirda surishtiruv ishlari ketmoqda.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48 / 07.06.2025
Mavzuga oid

16:58 / 06.02.2024
TDYuU talabalari uchun “Toshkent shahar prokurori stipendiyasi” joriy etiladi

16:50 / 28.03.2023
Oliy ta’limni raqamlashtirish – ustuvor vazifa

15:30 / 29.06.2022
Ko‘proq erkinlik: Konstitutsiyaning muhim moddalaridan biri qanday o‘zgarishi mumkin?

18:36 / 21.09.2020