2017 yilning 26 iyul kuni Toşkent şahrida Muvofiqlaştiruvçi işçi guruhining birinçi yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi içki işlar vazirliklarining Muvofiqlaştiruvçi işçi guruhiga a'zo tizimlarining rahbarlari qatnaşdi.
Özbekiston tomonidan raislik qiluvçi içki işlar vazirining birinçi örinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov yiğilişni kiriş sözi bilan oçdi. U qatnaşçilarni 2017-2022 yillarga möljallangan Özbekiston Respublikasini rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar asosida, respublika içki işlar organlarida ötkazilayotgan islohotlar bilan taniştirdi.
Rossiya Federatsiyasi tomonidan delegatsiyani içki işlar vazirligi ekstremizmga qarşi kuraşiş Boş boşqarmasi boşliği politsiya general-mayori Timur Valiulin boşqardi.
Yiğilişda tomonlar qidiruv işlarida, uyuşgan jinoyatçilik, ekstremizm, narkotik moddalarini noqonuniy aylanişi va noqonuniy migratsiya böyiça axborot almaşuvida hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Tomonlar Muvofiqlaştiruvçi işçi guruhi birinçi yiğilişidagi kelişuvlarning natijalariga bağişlangan ikkinçi yiğilişni 2018 yilning örtalarida Moskva şahrida ötkazişga kelişib oldilar.

















