Özbekiston mobil operatorlari 1 avgust kuni profilaktika işlari ötkazilişi haqida ma'lum qilişdi. SMS hamda mobil internet böyiça xizmatlar soat 8:30 dan 13:30 ga qadar taqdim etilmaydi. Ovozli aloqa esa çeklovlarsiz işlaydi.

Vaqtinçalik çeklovlar haqidagi ogohlantiriş Ucell, Beeline va Perfectum operatorlari saytida joylaştirildi.

“Hurmatli abonentlar, Özbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida profilaktika işlari olib borilişi sababli 01.08.2017 y. soat 08.30 dan 13.30 ga qadar kompaniya qöşimça xizmatlari (SMS, MMS, WAP va GPRS) vaqtinçalik amal qilmaydi. Ovozli qönğiroqlar odatdagi tartibda işlaydi. Noqulayliklar uçun uzr söraymiz”, - deyiladi Ucell xabarida.

“2017 yilning 1 avgust kuni profilaktika işlari olib borilişi sababli soat 8:30 dan 13:30 ga qadar SMS, MMS va Internet xizmatlari vaqtinçalik amal qilmaydi. Noqulayliklar uçun uzr söraymiz”, - deyiladi Beeline  saytida.

Boşqa operatorlar ham bu borada maxsus xabar bilan çiqişi kutilmoqda.

Ma'lumot uçun, 1 avgust Özbekistonning barça oliy ta'lim muassasalarida test sinovlari bölib ötadi.