Parlament muhokamalari birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi

Foto: Fotolia
Mamlakat Prezidenti shu yilning 12 iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma'ruzasida qonun loyihalari bo‘yicha muhokama jarayonlarini, parlament nazoratiga oid tadbirlarni, fraksiyalar o‘rtasida bo‘layotgan bahs-munozaralarni, jonli tarzda, kerak bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolarga yetkazish lozimligini ta'kidlagan edi.
Bugun “O‘zbekiston” telekanalida quyi palataning qonun loyihalari muhokamasiga bag‘ishlangan majlisi ilk bora to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi. Majlis kun tartibidan 20 dan ortiq masalalar xususan, mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida o‘ta muhim o‘rin tutadigan qonun loyihalari o‘rin olgan bo‘lib, bundan avval har bir masala palata qo‘mitalarida va siyosiy partiyalar fraksiyalarida dastlabki tarzda ko‘rib chiqilib, fraksiyalar pozitsiyalari shakllantirilgan edi. Fuqarolar parlamentdagi muhokamalar va bahs munozaralarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri guvoh bo‘ldi.
Deputatlar kun tartibidagi ikkita yangi qonun loyihasini, ya'ni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi (ma'ruzachi Akmal Saidov, qo‘mita raisi) hamda “Bolalar sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida”gi (Rasul Kusherbayev, deputat)O‘zbekiston Respublikasi qonunini deputatlar va ishchi guruhi a'zolari, tegishli tashkilot mas'ullari bilan birinchi o‘qishda qabul qildilar.
Yalpi majlisning muhim jihati - unda ilk marotaba muhokamalarda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi a'zolari va yoshlari ishtirok etdi.
Avvalroq OAVda tarqatilayotgan axborotlarga yosh tasnifi qo‘yilishi xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
21 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlarining oldi olindi
O‘zbekiston | 09:38
-
Orol tubida sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi
O‘zbekiston | 08:50
-
Medinskiy Ukraina delegatsiyasini 16 may kuni ertalab Istanbulda kutadi
Jahon | 08:49
-
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
Jamiyat | 08:48
Mavzuga oid

11:10 / 30.04.2025
Parlamentda g‘oyalar to‘qnashuvi: Navbatdagi yalpi majlis qanday o‘tdi?

10:09 / 14.03.2025
Fuqarolar sud jarayonida masofadan turib ishtirok etishi mumkin

19:36 / 22.02.2025
“Budjetni deputatlar yozishi kerak” - parlamentlar haqida iqtisodchi bilan suhbat

15:00 / 28.09.2024