Toşkent viloyat jinoiy işlar sudida Özbekistonning ilk “moliyaviy ehromi”ga asos solgan Ahmadjon Tursunboyev ustidan oçiq sud majlisi boşlandi. Buni viloyat sudi vakili Kun.uz’ga tasdiqladi. Uning sözlariga köra, oçiq şaklda taşkil etilgan sudga jinoiy işlar böyiça sudya Dilşod Komilov raislik qilmoqda. Viloyat sudi xodimining aytişiça, 2 avgust kuni sud öz işini davom ettirgan. Birinçi majlis ötgan haftada bölib ötgan.

Eslatib ötamiz, 2016 yil 16 iyun kuni ÖzMTRK «Toşkent» telekanalida Özbekiston hududida moliya piramidasi taşkil etgan, xalq orasida "Ahmadboy" deya nom qozongan, noqonuniy valyuta operatsiyalari bilan şuğullanib kelgan Ahmadjon Tursunboyevning Toşkent viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan qölga olingani haqida qisqa maxsus reportaj namoyiş etildi. 

Unda Tursunboyev — Toşkent viloyati Çinoz tumanidagi «Çinoz halol çorva» va «Çinoz avto hamkor» mas'uliyati çeklangan jamiyatlari ta'sisçisi ekani aytilib, u va xodimlari aholidan heç qanday kafolat bermagan holda eng kamida 100 foizlik yillik ustama bilan qaytariş şarti bilan milliy va xorijiy valyutada pullarni qabul qilib olgan. Ya'ni, tomonlar biror kor-hol sodir bölgan taqdirda pul topşirayotganlarning yaqinlari ularni qaytarişni talab qilmasligiga kelişgan. Qöşimça ravişda, Tursunboyev oyiga 40 foizlik ustama bilan xorijiy valyutada qarzga pul beriş bilan ham şuğullangan.

Bu kabi amaliyotlarda iştirok etganlar soni bir neça ön ming kişini taşkil etgan. 

Tursunboyevning hisobçisi intervyuda kunlik aylanma 1 mln dollarni taşkil qilgani haqida gapirib, avval pul topşirganlarga keyin topşirilgan pullar hisobidan foizlar tölab borilganini bildirgan edi. 

Aholidan naqd pullardan taşqari avtomobillar, qimmatbaho buyumlar har oyda foizlar tölab boriş şarti bilan qabul qilingan. Bu jarayon heç qanday rasmiylaştirişlarsiz olib borilgan va faqat oddiy daftarga kimdan nima olingani yozib qöyilgan.

Aholidan olingan mablağlarning bir qismiga çet eldan turli tovarlar va qimmatbaho buyumlar olib kelinib, tadbirkorlarga ustama foiz evaziga tarqatilgan. Ahmadboyning haşamatli uyidagi garajda joylaşgan qimmatbaho avtomobillar: Cadillac Escalade, BMW, Lexus kabi qimmatbaho rusumli transport vositalari ham namoyiş etilgan edi. 

Şuningdek, aholidan 1 yilda 2ta qilib qaytariş evaziga qoramollar ham qabul qilingani, ular uçun fermalar taşkil etilgani ma'lum qilingandi. Xodimlardan biri şu maqsadda 5-6 ta ferma qurilgani, ularning har biri 5-6 ming tuyoq qoramol uçun möljallangani haqida söz yuritgan.