3 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida bölib ötgan videoselektor yiğilişida ma'lum qilinişiça, yetakçi taşkilotlar bilan ma'lum bir madaniyat va san'at muassasalari örtasida “Döstlik klubi” taşkil qilinadi.
Qayd etilişiça, Milliy bank Özbekiston davlat konservatoriyasini otaliqqa olsa,
Olmaliq toğ-kon metallurgiya zavodi Madaniyat va san'at institutiga,
Xalq banki Özbekiston yozuvçilar uyuşmasiga,
“Oziqovqatsanoatxolding” Yunus Rajabiy nomidagi maqomçilar ansambliga,
“Özbekkimyosanoat” Milliy teatrga,
“Özbekneftegaz” Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Davlat akademik katta teatriga,
“Özbekmetallurgiya kompaniyasi” Drama teatriga,
“Özsanoatqurilişbank” Muqimiy nomidagi musiqali teatrga,
Axborot texnologiyalari vazirligi Yoş tomoşabinlar teatriga,
“Özagrosuğurta” rus drama teatriga,
Yoşlar ittifoqi Yoşlar teatriga,
“Özbekiston temir yöllari” yangi taşkil etiluvçi Satira teatriga,
“Aloqabank” “Tomoşa” bolalar teatriga,
“Mikrokreditbank” “Diydor” teatr studiyasiga,
“Asakabank” Bastakorlar uyuşmasiga,
“Özvinosanoatxolding” Rassomlar uyuşmasiga,
“Ipotebank” Raqs va xoreografiya san'ati maktabiga,
“Özdonmahsulot” Milliy rassomçilik va dizayn institutiga,
“Özavtosanoat” “Özbekkino”ga,
Özbekiston tovar-xom aşyo birjasi Jurnalistlar ijodiy uyuşmasiga “Döstlik klubi” orqali kömak beradi.

















