Keyingi yildan test sinovlari onlayn körinişda böladi. Bu haqda 3 avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uçraşgan Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ma'lum qilgan.
Videoselektorda qatnaşgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, keyingi yildan imtihon javoblari öşa zahoti, öşa kuniyoq çiqişiga erişiladi.
«Men özim testga qarşiman. Test bölsa ham kompyuterda topşiradi. Öşa kuni bahosini olib ketadi. Natijani kutib yuradimi?
Bu yil test imtihonlari qattiq böldi. Bundan keyin ijodiy imtihon olinadigan oliy öquv yurtlarida test bölmaydi», — degan prezident.
















