Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi qarori (2017 yil 24 iyul) bilan Harbiy xizmatçilar orasidan pensionerlarni oliy harbiy ta'lim muassasalarining ilmiy xodimlari va öqituvçilari lavozimlariga işga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Eslatib ötamiz, Prezidentning 17.02.2017 yildagi PF-4960-son “Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining pensionerlarini ijtimoiy muhofaza qilişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan Qurolli kuçlar akademiyasi, oliy harbiy ta'lim muassasalarida öqituvçi va ilmiy xodim sifatida mehnat faoliyatini amalga oşiradigan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari töliq pensiya oliş huquqiga ega işlovçi pensionerlar jumlasiga kiritilgan. 

Qabul qilingan hujjat faqat Mudofaa vazirligining  oliy harbiy ta'lim muassasalariga (OHTM) tatbiq etiladi.

Tegişli ma'lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bölgan Özbekiston fuqarolari OHTMlarida pedagogik faoliyat bilan şuğullanişi mumkin.

Ilmiy xodim va öqituvçi lavozimiga işga qabul qiliş tanlov asosida amalga oşiriladi. Bunda ilmiy daraja va ilmiy unvonga hamda çuqur kasbiy bilim va tajribaga ega bölgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

Tanlovda iştirok etiş xohişini bildirgan pensionerlar tanlov e'lon qilingan kundan e'tiboran 1 oy muddat içida zarur hujjatlarni topşirişi lozim. Zarur hujjatlar röyxati:

•  ariza;
•  pasport nusxasi;
•  pensiya guvohnomasi nusxasi;
•  Qurolli Kuçlar rezervidagi harbiy xizmatçining guvohnomasi;
•  belgilangan şaklda töldirilgan sörovnoma;
•  tarjimai hol;
•  oliy ma'lumot töğrisidagi diplomining nusxasi;
•  mehnat daftarçasi (mavjud bölsa);
•  tegişli ilmiy darajasi haqidagi diplomning nusxasi (mavjud bölsa);
•  tegişli ilmiy unvoni haqidagi attestatning nusxasi (mavjud bölsa);
•  ilmiy işlar röyxati (mavjud bölsa);
•  ilmiy işlar hamda ixtirolarga tegişli hujjatlar va boşqa mualliflik huquqini tasdiqlovçi hujjatlar nusxasi (mavjud bölsa).