Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston bosh vaziri: «Duch kelgan kadrni ishga yollash yaxshilikka olib kelmaydi»
Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri Bakitjan Sag‘intayev mamlakat Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qarat Aytuganov faoliyatini keskin tanqid qilib chiqdi. Mahalliy nashrlardan birida yozilishicha, bosh vazir mas'ul mulozimdan «nega Samarali bandlik dasturi amalda sustkashlik amalga oshirilayotgani»ga doir savol bilan yuzlangan. Vazir o‘rinbosarining aytishicha, dastur beshta viloyatda 60 foizdan yuqori natijada amalga oshirilgan.
Sag‘intayev savol bergan payt vazir o‘rinbosari Qayrat Aytuganov o‘z nutqini yakunlab joyini egallash uchun qadam tashlamoqchi bo‘lib turganida bosh vazirdan tanbeh eshitgan.
«Endi esa ortingizni o‘girib, xona bo‘ylab sayr qilib yuribsiz! Hech bo‘lmasa, o‘tirib javob bering!», - deya talab qilgan bosh vazir.
«Dastur uchun ajratilgan pullarni may oyida qabul qildik», - deya javob bergan vazir o‘rinbosariga Bakitjon Sag‘intayev keskin savollar bilan yuzlangan: «Men sizdan pulni qachon qabul qilib oldingiz, deb so‘ramadim. Jambil viloyatida 47 foizdan boshlab, Mang‘istavda 0 foiz bilan yakunlanmoqda. Sababi nimada? Tushundingizmi?».
Ma'lum bo‘lishicha, Mang‘istav oblasti hududida tadbirkorlarni agrar-kreditlash muassasa filiali mavjud emas. Bu hududda yashovchi barcha muhtoj bo‘lganda Atirauga borishga majbur bo‘lmoqda.
«Demak, siz qabul qilgan joylardagi rahbar o‘z ishini to‘liq bajara olmayapti. Ko‘chada duch kelgan kadrni davlat ishiga yollash yaxshilikka olib kelmaydi», - deb fikr bildirdi Bosh vazir.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025