Bugun Makedoniya poytaxti Skopeda Yevropa superkubogi bosh sovrini uchun YeChL g‘olibi sifatida «Real» va Yevropa Ligasi bosh sovrini egasi sifatida «Manchester Yunayted» jamoalari maydonga tushib keladi. Tribuna.Uz uchrashuvga oid barcha ma'lumotlarga batafsil to‘xtalib o‘tadi.

Yevropa superkubogi. 

«Real Madrid» - «Manchester Yunayted»
Toshkent vaqti bilan 23:45
Translyatsiya: Match! Futbol 1

Superkubok statistikasi

«Real» Yevropa superkubogi finalida oltinchi marta maydonga tushmoqda. Shularning 3tasida jamoa sovrinni yutib olgan bo‘lsa, ikki marta imkoniyat boy berilgan.

«Manchester Yunayted» esa Superkubok finallarida shu kunga qadar uch marta o‘ynagan va faqat bir marta bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

O‘yinoldi qiziqarli faktlar

  • «Madrid» yevrokuboklardagi so‘nggi 18 uchrashuvning faqat bittasida (o‘tgan mavsum YeChL yarim finalida «Atletiko Madrid»ga qarshi safar o‘yinida 1:2 hisobida (umumiy hisob 4:2, «Real» foydasiga) yutqazgan. 12 g‘alaba, 5 durang.
  • «Qaymoqranglilar» premer-liga jamoalariga qarshi so‘nggi 10 uchrashuvda biror marta ham yutqazmagan (7G‘, 3D). So‘nggi marta jamoa «Liverpul»ga 2008/2009 yilgi mavsumda 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi. Bu klubning YeChL davridagi eng yirik mag‘lubiyati sanaladi.
  • So‘nggi marta «Real» «MYu»ga qadar 2015/16 yilgi mavsum yarim finalida «Manchester Siti» bilan o‘ynagan va Manchesterda 0:0 («Real»ning oxirgi golsiz o‘yini), Madridda esa 1:0 hisobida mezbonlar g‘alaba qozongan.
  • «Real»ning ingliz klublariga qarshi umumiy statistikasi quyidagicha: 34 o‘yin, 14 g‘alaba, 10 durang, 10 mag‘lubiyat, To‘plar nisbati: 48-38.
  • Ispan jamoasining finallarda Angliya jamoalariga qarshi uchrashuvlari mutlaqo omadsiz chiqqan. «Real» ingliz jamoalari bilan final uch marta o‘ynagan, uchta mag‘lubiyat: «Chelsi»ga qarshi 1970/71 yil Kubok egalari kubogi va 1998 yilgi Yevropa Superkubogi va 1980/81 yilgi mavsumda «Liverpul»ga imkoniyat boy berilgan.