Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 10 avgustda “Özbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Qaror bilan Özbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida 2017/2018 öquv yilidan boşlab ta'limning sirtqi bölimi taşkil etilişiga rozilik berildi.

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi yangi öquv yili boşlangunga qadar Özbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida taşkil etiladigan ta'limning sirtqi şakli böyiça öquv reja va dasturlarni işlab çiqadi va amaliyotga joriy etadi.

Özbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olayotgan sport turlari böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a'zolari, terma jamoa a'zoligiga nomzodlarga ularning xohiş-istaklariga köra öqiş muddati hamda kursi saqlangan holda ta'limning sirtqi şakliga ötkazişga ruxsat berildi.