Vazirlar Mahkamasining 1.08.2017 yildagi 570-son qarori bilan Köp kvartirali uylarni kapital va joriy ta'mirlaş uçun mablağlarni töplaş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.
 
Hujjat bilan örnatilişiça,  XUMŞga banklarda köp kvartirali uylarni kapital va joriy ta'mirlaşni amalga oşiriş uçun 20412 — «Nodavlat notijorat taşkilotlarining jamğarma depozitlari» hisobvaraği (keyingi örinlarda – töplaş hisobvaraği) oçiladi.
 
Töplaş hisobvarağiga quyidagi manbalardan mablağlar kelib tuşadi:

a) turar va noturar joy mulkdorlarining majburiy badallaridan şakllangan mablağlar;
b) köp kvartirali uylarning taşqi fasadi, tom va yertöla qismlari hamda boşqa ijaraga berilgan maydonlar uçun ijaraçilardan kelib tuşadigan mablağlar;
v) köp kvartirali uylarning umumiy foydalaniş joylari va muhandislik kommunikatsiyalarini kapital va joriy ta'mirlaş hamda lift uskunalarini ta'mirlaş va almaştiriş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri mahalliy byudjyetlari mablağlari, şu jumladan yil boşidagi qoldiq böş mablağlar va I–III çorak yakunlari böyiça oşirib bajarilgan daromad qismi, şuningdek Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligining Uy-joy kommunal xöjaligini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hamda tuman (şahar) hokimliklari tomonidan jalb qilinadigan byudjyetdan taşqari mablağlar;
g) köp kvartirali uylarni kapital va joriy ta'mirlaş uçun yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriyalari;
d) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalardan tuşadigan mablağlar.
 
Bunda kapital va joriy ta'mirlaş uçun 2 manba – mulkdorlarning majburiy badallari va ijaradan tuşadigan mablağlardan mablağlar ajratişning aniq me'yorlari köp kvartirali uyning haqiqiy holatini hisobga olgan holda har bir alohida XUMŞ böyiça 30 dan 80%gaça miqdorda belgilanadi. Me'yor Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligining tuman (şahar) bölimlari bilan, agar kredit mablağlari hisobidan amalga oşirilsa, tijorat banki bilan ham kelişiladi. Me'yor XUMŞning umumiy yiğilişi qarori bilan tasdiqlanadi
 
Belgilangan me'yorlardan ortiq töplaş hisobvarağiga tuşgan körsatilgan mablağlar bank tomonidan XUMŞning asosiy hisobvarağiga memorial order orqali ötkaziladi va şirkat tomonidan  mustaqil ravişda tasarruf etiladi. Boşqa manbalardan tuşadigan mablağlar töliq töplaş hisobvarağiga ötkaziladi va XUMŞning asosiy hisobvarağiga yönaltirilmaydi.