Mediamagnat Rupert Merdok AQŞ prezidenti Donald Trampni özining strategik masalalar böyiça maslahatçisi Stiv Bennonni işdan haydaşga çaqirdi. Bu haqda The New York Times yozmoqda.
Ta'kidlanişiça, Merdok Tramp bilan bu haqda Oq uydagi tuşlik davomida gaplaşgan, bu davlat rahbari 4 avgust kuni ta'tilga ketişidan avval yuz bergan.
Naşr ma'lumotlariga köra, tuşlikda Trampning kuyovi Jared Kuşner va prezident ma'muriyatining yangi rahbari Jon Kelli ham iştirok etgan.
Aniqlik kiritilişiça, Tramp Merdokning maslahatiga qarşilik körsatmagan, Bennondan taşvişda ekanini bildirgan.
Avvalroq AQŞ ommaviy-axborot vositalari AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uy işi haqidagi ma'lumotning taşqariga sizib çiqişida özining strategik masalalar böyiça maslahatçisi Stiven Bennondan gumon qilayotganini aniqlaşgani xabar berilgandi.

















