Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligi («Özstandart») rahbariga yangi örinbosar tayinlandi.

«Kun.uz»ning agentlikdagi manbasi ma'lumotiga köra, Jasur Şukurov agentlik rahbarining yangi örinbosariga aylangan. U bu lavozimda Jamşid Mirsaidov örnini egalladi.

Qayd etiş kerakki, agentlik rahbari ham ötgan haftada özgargandi. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlangan sobiq rahbar Aktam Hayitov örnida Abduhamid Karimov iş boşlagandi.

Endilikda agentlikning sobiq xodimiga aylangan Jamşid Mirsaidov biroz oldinroq matbuot anjumanida Özbekistonda tez vaqt içida «halol» standarti joriy etilişi haqida ma'lumot bergandi.

Agentlikdagi manba uning işdan ketişini rahbariyatdagi özgarişlar bilan boğladi.