AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakatda haykallar buzilişiga qarşi çiqdi hamda OAVni tarixni özgartirişga urinişda aybladi. U bunday fikrlarini Nyu-Yorkdagi çiqişida bildirdi.

“Bugun Stounuoll Jyekson (Fuqarolik uruşi vaqtida Konfederatsiya generali) haykali buzib taşlanadi, ertaga Jorj Vaşington yoki Tomas Jyefferson (AQŞ asosçilari)  haykallari buziladimi? Özimizga “Buning hammasi qayerda tugaydi?” degan savol berişimiz kerak”, deb aytgan Tramp. 

Uning fikriça, Vaşington va Jyefferson haykallarini ham janubliklarga qöyilgan haykallar holatidagi vajlardan foydalanib buzib taşlaş mumkin. Tramp AQŞ asosçilari hisoblanuvçi bu şaxslar ham yirik quldorlar bölganlarini eslatib ötdi.

AQŞda qullikni kuçda qoldirgan sudya haykali buzib taşlanmoqçi  

Tramp jurnalistlarga yuzlanib, “Siz tarix va madaniyatni özgartirmoqdasiz!”, deb aytgan.

U, şuningdek, haykallar atrofidagi ziddiyatlarda qarama-qarşi tomonlarning ikkisi ham aybdor ekanligini aytdi. “Bir tomondan bir guruh, ikkinçi tomondan ikkinçi guruh bor, ular orasida töqnaşuv sodir bölgan, buni köriş dahşat edi”, deb aytgan Tramp.  

12 avgustda Şarlottsvillda neonatsistlar mahalliy hukumatdan konfederatlar generali  Robert Edvard Liga qöyilgan haykalni buzib taşlaş ğoyasidan voz keçişni sörab tartibsiz miting ötkazişgan. Şundan keyin ular va ularga qarşi çiquvçilar örtasida töqnaşuvlar yuz bergan. Bu töqnaşuvlarda 15 kişi jabr körgan.

Keyinroq millatçilarning aksiyasiga qarşi çiqayotganlar namoyişida olomonga katta tezlikda avtomobil kelib urilgan. Buning oqibatida bir kişi halok bölgan, 19 kişi jarohat olgan. Şu kunning özida namoyişlarni monitoring qilayotgan politsiya vertolyoti qulagan, uning içidagi 2 kişi halok bölgan.