Kelayotgan kuz faslida Parus oilaviy dam oliş markazi siz uçun yangilangan uslubda xizmat körsatişga tayyor. Bu yerda yangi dökonlar, bolalar uçun turli öyingohlar hamda kattalar uçun köngiloçar kayfiyat kafolatlanadi. Quyida majmuamiz imkoniyatlari va yangiliklarimiz bilan taniştiramiz.

Minus birinçi qavatda oila a'zolaringiz uçun quyidagi qulayliklar taqdim etiladi:

Bu yerda vaqtingizni döstlaringiz bilan maroqli ötkazişingiz uçun yangi kvest-rum va lazer-tag oçiliş arafasida. Köpçiligingiz vayrona uylar, eski saroylarda aks ettirilgan qörqinçli filmlar tomoşa qilişni yoqtirasiz. Yangi «13-uy» xorror-kvestida esa ana şunday qörqinçli filmlarning elementlarini uçratasiz.

Uning yonida Toşkentdagi birinçi lazer-tag sizga muntazir. Bunda iştirokçilar lazer nurlaridan bir-birlariga öq uzişlari mumkin. Işoning, bu farzandlaringizni kompyuter öyinlaridan çalğitişning, katta yoşdagilarning esa uzoq iş kunidan söng muşaklarini harakatga keltirişning samarali vositasidir.

 

Ikkinçi qavatda joylaşgan Mini Me bolalar kiyimlari dökonida siz farzandlaringizga çiroyli, qulay va eng asosiysi sifatli kiyimlar xarid qilişingiz mumkin. Şu bilan birga, Toys Land bolalar öyinçoqlari dökoni ham mazkur qavatda bölib, u yerda siz vaqt va sifat sinovidan ötgan turli öyinçoqlarni topasiz. Sotuvda tabiiy materiallardan yasalgan klassik bolalar öyinçoqlari ham bor. Dökonda har bir mijozga professional tarzda xizmat körsatiladi. Bularning hammasi esa bolajonlarga olam quvonçini beriş uçundir.

Stacy Nail Bar — tirnoqlaringiz gözalligi uçun xizmat körsatişga tayyor. Uning taşkil etilişi markazimizni yanada töldirdi desak mubolağa qilmagan bölamiz. Yaqinda uning xizmatlari safi mijozlar talabidan kelib çiqqan holda sartaroşxona bilan boyidi.

Aksariyat yoş onalar öz taşqi körinişlariga vaqt ajrata olmasliklaridan norozi böladilar. Stacy Nail Bar Parus bolalar maydonçalari bilan hamkorlikda iş olib boradi. Ya'ni farzandingiz foydali maşğulotlar, öyinlar bilan band bölgan paytda siz bexavotir salonning xizmatlaridan foydalanişingiz mumkin.