Afrikaning eng boy kishisi «Arsenal»ni xarid qilmoqchi
Afrikaning eng badavlat kishisi Aliko Dangote Angliyaning “Arsenal” futbol klubi egasiga aylanmoqchi ekanini xabar qildi, deb ma'lum qilmoqda Bloomberg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Nigeriya hududida neftni qayta ishlash zavodini qurishga bor e'tiborini qaratgan.
“Men bu zavodni qurib bo‘lishim bilan, e'tiborimni “Arsenal”ga qarataman. Hattoki, klub yaxshi natijalar ko‘rsatmayotgan paytda ham uni qo‘llab-quvvatlayman, bu juda zo‘r klub, men uning egasiga aylansam, u yanada yaxshilanishi mumkin”, - dedi Dangote.
Biznesmenning ishonch bildirishicha, jamoa aksiyalarini hozirgi egalari – amerikalik Sten Kronke (67 foiz aksiyalarga egalik qiladi) hamda asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovdan (30 foiz aksiyalar) xarid qilishning uddasidan chiqadi.
“Agarda, ular to‘g‘ri taklifni olishsa, ishonchim komilki, ular ketadi. Kimdir ularni ketish variantini ko‘rib chiqishga majbur qiluvchi taklif bilan chiqadi”, - deya ta'kidlab o‘tdi Dangote.
Avvalroq Afrikaning eng boy odami AQSh va Yevropaga 50 mlrd dollar sarmoya kiritishi haqida xabar berilgandi.
May oyida esa amerikalik tadbirkor Sten Kronke Alisher Usmonovning "Arsenal" futbol jamoasi aksiyalarining nazorat to‘plamini sotib olish haqidagi taklifiga rad javobini bergandi.
Mavzuga oid
15:52 / 10.11.2024
«Arsenal»da ham inqiroz. Buning sabablari nimada?
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:33 / 03.11.2024
APLda sensatsiyalar kuni, Husanovda ilk qizil. Kun o‘yinlari
14:31 / 02.11.2024