Kun.uz muxbiri Özbekistondagi mahalliy oliy ta'lim muassasalarida talabalik baxtiga muyassar bölgan abituriyentlar, öqişning keyingi bosqiçida ta'limni davom ettirayotgan talabalar murojaati asosida 2017/18 yilgi öquv mavsumida öqişlarda tölov-kontrakt summasi qança bölişi masalasiga qiziqdi.

«Joriy 2017/18 yil öquv mavsumida OTM belgilangan tölov-kontrakt summasi özgarmay qoladi, avvalgi belgilangan summa böyiça tölov-kontrakt summasi qabul qilinadi. Bu holat faqat davlat imtihonlari natijasiga köra yetarli ball töplab talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga tegişli bölib, kira olmagan, lekin öqiş istagida bölganlar uçun qöşimça tölov-kontrakti belgilangan», — deydi Oliy ta'lim vazirligi Moliya boşqarmasi boşliği Buzrukxonov Sarvarxon.

Eslatib ötamiz, 2017/18 yil öquv mavsumida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar joriy yilning 15 sentabrigaça belgilangan summaning kamida yarimini (bir semestr uçun) tölaşi şart.

Şunday qilib, kontrakt miqdori quyidagiça böladi:

Gumanitar yönalişlar:

1) Pedagogika, kasb-hunar ta'limi: bakalavriat — 6 650 000 söm
2) San'at: bakalavriat — 7 900 000 söm
3) Gumanitar fanlar: bakalavriat — 6 650 000 söm
3.1)Şarq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima va amaliyot nazariyasi, özbek-ingliz tarjimasi nazariyasi va amaliyoti: bakalavriat — 7 250 000 söm
3.2) Jahon siyosati: bakalavriat — 9 850 000 söm
4) Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar: bakalavriat — 6 650 000 söm

Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq:

1) Ijtimoiy fanlar va psixologiya: bakalavriat — 6 650 000 söm
2) Jurnalistika va axborot: bakalavriat — 7 250 000 söm
3) Iqtisodiyot: bakalavriat — 8 800 000 söm
3.1) Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: bakalavriat — 9 850 000 söm
4) Huquq: bakalavriat — 9 850 000 söm

Işlab çiqariş va texnika sohasi:

1) Muhandislik işi, işlab çiqariş texnologiyasi: bakalavriat — 6 650 000 söm