Sport | 17:05 / 18.08.2017
9727
2 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal»ni sotib olmoqchi bo‘layotgan milliarder birinchi galda Vengerni haydamoqchi

Afrikaning eng boy odam sanalgan Aliko Dangote «Arsenal» xo‘jayini Sten Kronkedan jamoani sotib olish istagi borligini aytdi. Bu haqda Bloomberg portali xabar tarqatdi.

«Birinchi qiladigan ishim jamoada murabbiyni almashtirish bo‘ladi. U juda yaxshi ishlarni amalga oshira olgan, ammo yana kimdir jamoaga baxtli onlarni ulashishga harakat qilishi lozim.

Ishonchim komil, agar ular [Kronke va Alisher Usmonov] o‘zlariga qulay bo‘lgan taklifni olsa, klubdan ketishga tayyor bo‘lishadi. Kimdir ularni jamoani sotish haqida qattiq o‘yga toldira oladigan taklif bilan chiqadi. O‘ylashimcha, neftni qayta ishlash zavodlari bo‘yicha ishimizni yakunlagach, biz bu ishni amalga oshiramiz.

«Arsenal» – barchasi bir maromda ishlaydigan buyuk jamoa. Men barchasi yanada yaxshi ishlashi uchun harakat qilmoqchiman va shu sababdan o‘sha yerda bo‘lishni rejalashtiryapman.

Hozircha kutaman. Nimadir o‘zgarsa ham jamoani sotib olishga harakat qilaman», – degan Dangote.

Ma'lumot uchun, Dangote Nigeriya poytaxti Lagosda neft qazib olish va uni qayta ishlash sanoati yetakchisi sanaladi. Forbes jurnali 60 yoshli nigeriyalik tadbirkorning boyligini 13 milliard dollar qiymatida baholagan.

Mavzuga oid