Xitoylik tadbirkor unga köça kafesida unutib qoldirgan olmos közli uzukni qaytib berişgandan keyin minnatdorlik sifatida Çuntsin şahri aholisini 5 ming porsiya lağmon bilan mehmon qildi. U bu uzuk yordamida şu şaharda yaşovçi yoriga turmuşga çiqiş taklifini bildirmoqçi bölgan.
Guançjou şahrida yaşovçi Van ismli bu tadbirkor 13 avgustda Çuntsin şahriga öz yorining qölini söragani kelgandi, deb xabar bermoqda South China Morning Post. U mahalliy kafelardan biriga tuşlik qilgani kirib, u yerda içida 3 qirotlik olmosi bölgan, narxi 300 ming yuan (45 ming dollar) turadigan uzuk bölgan sumkasini unutib qoldirgan.
Şaharliklardan biri sumkani aniqlab, uni kafe boşqaruvçisiga topşirgan. U esa öz navbatida sumkani birozdan keyin kafega uni qidirib kelgan Vanga bergan. Vanning suyukli yori esa uning taklifini qabul qilgan.
Van xursandçilikda Çuntsin aholisiga taşakkurçilik bildiriş maqsadida uzugini unutib qoldirgan kafeda pişiriladigan 5 mingta ötkir ta'mli lağmonning pulini tölab, u bilan şaharliklarni mehmon qilgan.

















