Uşbu mavzuda qoğoz qoralaşga birgina narsa sabab böldi. U ham bölsa yaqinda taşkil etilgan «O‘zbekiston24» teleradiokanalida “Ahmadboy” işi böyiça Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudida bölib ötayotgan jinoiy işning yoritilişi haqidagi xabar böldi. 

Ma'lumki, Kun.Uz tahririyati O‘zbekiston va jahonda bölayotgan xabarlarni tezkorlik va xolislik bilan öquvçilarga yetkazişni öz oldiga maqsad qilgan va şu borada faol iş olib bormoqda. 

Toşkent viloyati çinozlik “Ahmadboy” nomi bilan dong taratgan Ahmadjon Tursunboyev va u bilan birga 6 kişidan iborat guruhning ÖzR JKning tegişli moddalari yuzasidan ayblanib, sud işi bölayotgani haqida saytda xabarlar berildi. Ming-minglab özbekistonliklar taqdiri bilan uzviy boğliq bu mavzu sayt e'tiboridan çetda qolgani yöq. 

“Ahmadboy” seriali davom etadi...Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudida navbatdagi sud majlisi

Özbekistonning “moliyaviy piramida”sini taşkil etgan Ahmadboy ustidan sud işi boşlandi

Bundan avval ham “Ahmadboy” işiga doir qator xabarlar berilgan. 

«Çinozlik Ahmadboy» qölga olinganiga roppa-rosa bir yil böldi

Manba: Çinoz tumani prokurori "Ahmadboy voqeasi” fonida lavozimidan çetlatildi

Kun.Uz tahririyati mazkur sud jarayonini yoritişda xolislikni ta'minlaş, jinoiy faoliyatga nisbatan jazoning muqarrarligini isbotlaş maqsadida “Ahmadboy” işi yuzasidan Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudidagi sud majlislarida qatnaşişga qaror qildi hamda sud majlisini yoritişda amaliy yordam sörab uşbu sud rahbariyatiga murojaat qildi. 

Kun.Uz sörovi Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudining “Ahmadboy” işiga raislik qilayotgan sudyasi Dilşod Kamilov tomonidan körib çiqilib, javob xati yöllandi.