Turkiya milliy xavfsizlikka tahdidlarga qat'iy tarzda va uçinçi davlatlar pozitsiyasi qandayligidan qat'iy nazar munosabat bildiradi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Istanbulda.  

Uning aytişiça, oxirgi vaqtda Turkiya va Ğarb davlatlarining turli, jumladan terrorçilikka qarşi kuraş bilan boğliq masalalar böyiça pozitsiyalari jiddiy ravişda tarqoqlaşgan.  

“Öz vaqtida Turkiya IŞID jangarilari hujumiga uçraganda, göyoki terrorçilikka qarşi faol kuraşayotgan bir qator davlatlar davlatimizga qarşi tahdidlarni e'tiborga olmaslikni afzal körişdi. Anqara terrorçilar tödasiga yakka özi qarşi turişiga töğri keldi. Şungaça bordiki, Turkiyaga Suriya va Iroqqa ötişga urinayotgan yollanma jangarilarga qarşi kuraşiş uçun zarur bölgan razvedka ma'lumotlarini beriş rad etildi”, deb aytdi Erdöğan.    
  
Uning ta'kidlaşiça, Turkiya armiyasining Suriya şimolida ötkazgan “Frot qalqoni” operatsiyasi davomida erişgan muvaffaqiyati mintaqada ğarb davlatlari olib borayotgan öyinlarning mohiyatini oşkor qildi. “Masala IŞID jangarilariga qarşi kuraşişdan emas, balki mintaqa xaritasini özgartirişdan iborat. Ular buni oçiqçasiga tan olişolmaydi va şu sababli bir qator terrorçilik taşkilotlari kömagida turli “loyihalar”ni amalga oşirişni davom ettirmoqdalar”, deb qayd qilib ötdi Erdöğan.  

Erdöğanning aytişiça, özini Turkiyaning dösti deb atovçi davlatlar bir terrorçilik taşkilotining jangarilari özini Kurdiston işçi partiyasi, PYD, YPG va Suriya demokratik kuçlari deb atab, qiyofasini özgartirişini yaxşi anglaydilar.  

“Suriya va Iroqda kuçlarning taqsimlanişi xaritasini tahlil qiladigan istalgan kişi mintaqada amalga oşirilayotgan öyinlar mohiyatini anglaydi. Turkiya xavfsizlik kuçlari Turkiyada harakat qiluvçi terrorçilardan Suriya va Iroqqa IŞIDga qarşi kuraş bahonasida yetkaziladigan qurolni qölga kiritmoqdalar”, deb aytgan Turkiya prezidenti va Anqara yuqorida nomi tilga olingan terrorçilik taşkilotlari jangarilari qaysi davlatlar qurollari bilan qurollanganlaridan yaxşi xabardor ekanligini qöşimça qilgan.    

Erdöğan ğarb davlatlari “muşaklarni öynatiş” ertami-keçmi yakunlanişini va köplab öyinçilar mintaqani tark etişini, Turkiya esa mintaqadagi terrorçilik tuzilmalari bilan kuraşişiga töğri kelişini anglaşlari kerakligini aytgan. 

Erdöğan Yevropa davlatlaridagi saylov kampaniyalarida Turkiyaga qarşi nutqlarga yöl qöyib bölmasligiga işora qildi. “Aminmanki, turk diasporasi vatanlaridagi döstlari bilan birga bölişlari kerak. Fikrimça, Turkiya içki işlariga aralaşişga uringan yevropalik siyosatçilar va partiyalar öz davlatlaridagi saylovlar kunida javob olişlari lozim. Şuning uçun men Germaniyadagi turk jamoasiga Anqaraga nisbatan adovat nuqtai nazaridan çiquvçi siyosiy kuçlarni qöllab-quvvatlaşdan boş tortişlarini sörab murojaat qilmoqdaman”, deb öz sözlarini yakunlagan Erdöğan.