Joriy yilning 22 avgust kuni özbekistonlik ziyoratçilarning 430 nafardan iborat sönggi guruhlari ikkita reysda Toşkent-Madina va Namangan-Madina yönalişi böyiça Saudiya Arabistoni Podşohligiga kuzatildi. Bu haqda Din işlari böyiça qömita axborot xizmati xabar bergan.
Ziyoratçilar qatorida 72 nafar Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va ularga hamrohlik qiluvçilar ham haj safariga jönatildi. Faxriylar Toşkent şahrida joylaşgan “Minor” masjidida töplandilar. Ularga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus aravaçalar sovğa qilindi. Ular Toşkent va Namangan xalqaro aeroportlaridan töğridan-töğri Madina şahriga kuzatildi.


Kuzatiş joyi va aeroportda bölajak hojilarimizga barça qulayliklar yaratildi, jumladan, ziyoratçilarimiz uçun issiq çoy, yengil taom va sarxil mevalar bilan siylandi. Muqaddas safarga çiqayotgan vatandoşlarimiz yaratilgan şaroitlardan minnatdor ekanliklarini izhor etdilar.
Respublika işçi guruhi tomonidan Madina şahri aeroporti va “Javharat ar-Roşid” mehmonxonasida yurtdoşlarimiz uçun barça qulay şaroitlar tayyorlab qöyilgan.


Ma'lumot sifatida şuni aytiş mumkinki, mavsum boşidan beri jami 32 ta reysda 7155 kişi jumladan Toşkent-Madina yönalişida 2228, Namangan-Madina 3028, Samarqand-Madina 459, Urganç-Madina 206, Buxoro-Madina 412, Qarşi-Madina yönalişida 822 nafar ziyoratçi Saudiya Arabistoniga yetib bordi.

















