Rejissyor Pol Gringrass norvegiyalik terrorçi Anders Breyvik haqida film suratga oladi, deb xabar bermoqda Deadline. Bu kartinani yaratiş huquqi uçun jiddiy kuraş keçgan bölib, unda Netflix onlayn-servisi ğalaba qozondi.

Breyvik ommaviy qotillik uçun 21 yillik qamoq jazosini ötamoqda. 2011 yilning 22 iyul kuni u 77 kişini öldirgandi.

Gringrassga keladigan bölsak, u superagent Jyeyson Born haqidagi filmlar bilan maşhur. Xususan, u «Born talabi» va «Bornning ustunligi» kartinalarini suratga olgan.

Ma'lumotlarga köra, suratga oliş işlari Norvegiyada mahalliy aktyorlar bilan olib boriladi. Byudjyet 20 mln dollarni taşkil etadi. Tayyogarlik şu haftadan boşlanadi, bevosita ijodiy işlar esa kuzda start oladi.

Naşrning ta'kidlaşiça, Gringrass tarixiy faktlar asos qilib olingan şunga öxşaş qator filmlar ustida işlagan. Ular içida – «Qonli yakşanba» (1972 yilning 30 yanvarida Şimoliy Irlandiyada yuz bergan hodisalar, öşanda britaniyalik harbiylar irlandiyalar huquqi uçun marşga çiqqanlarni öqqa tutgan) va «Yöqotilgan reys» (2001 yilning 11 sentabr kuni AQŞda terrorçilar tomonidan olib qoçilgan va Pensilvaniyada qulagan samolyot haqida) kartinalari bor.

Avvalroq Breyvik ismi-familiyasini özgartirgani xabar berilgandi.