AQŞda köp marotabalik foydalanişga möljallangan yangi koinot kemasi Orion’ning ilk sinovlari ötkazildi. Kanaveral burnida mutaxassislar kemaning bir qator tizimlarini tekşiruvdan ötkazişgan.

Birinçi marta elektr ta'minoti bort bloki, kompyuter tizimlari va ularga örnatilgan dasturiy ta'minot hamda ma'lumotlarni saqlaş bloki sinovdan ötkazilgan.

NASA axborot agentligining ma'lum qilişiça, Orion’ning fazogirsiz ilk parvozi 2019 yil Oy atrofida bölib ötadi. NASA’da aynan şu kemada 2030-yillar örtalarida insonning Marsga ilk parvozi amalga oşişiga umid qilinmoqda.