Billi Uaylderning «Jazda faqat qizlar» filmi tanqidçilar tomonidan bir ovozdan barça davrlarning eng yaxşi komediyasi deb e'lon qilindi. BBC şu haqida xabar berdi. 100 kinolentadan iborat töliq röyxat portal saytida taqdim etildi. 

1959 yilda suratga olingan kartinada boş rollarni Merilin Monro, Toni Kertis va Jyek Lemmon ijro etişgan. Film gangsterlardan yaşirinib, özini qiz boladek körsatgan musiqaçi yigitlar haqida.

Ikkinçi örinda Stenli Kubrikning «Doktor Streynjlav, yoki Qanday qilib men hayajonlanmaslikni örgandim va atom bombasini yaxşi körib qoldim» filmi. Uçinçi poğonani Vudi Allenning «Enni Xoll» komediyasi egalladi. 

Şuningdek ilk öntalikka «Suğur kuni», «Ördak şörva», «Brayanning Monti Paytonça hayoti», «Aeroplan», «Öyin-kulgu vaqti», «Bu Spinal Tap» va «General» filmlari ham kiritildi. 

Reytingni tuzişda naşr 52 mamlakatning 253 nafar kinotanqidçisi orasida sörovnoma ötkazdi.