Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi “Töpalang gidrouzelini modernizatsiya qiliş” loyihasi ikki yönalişda amalga oşirilmoqda. Jumladan, birinçi yönaliş böyiça 2017 yil yakuniga qadar “Töpalang suv ombori” siğimini 500 mln.m3 ga qadar oşiriş işlari yakunlanadi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Facebook dagi sahifasida ma'lum qilgan.
Ikkinçi yönalişda “Töpalang GES” quvvatini oşiriş böyiça umumiy quvvati 145 mVt bölgan 2 ta agregat örnatiş işlari 2020 yilda yakunlanişi möljallangan. Bugungi kunda GESda 48 nafar işçi-xodim faoliyat yuritib, örtaça yiliga 80 mln. kVt/soat elektr energiya işlab çiqarilayotgan bölsa, loyiha töla quvvat bilan iş boşlagaç 430 mln. kVt/st elektr energiya işlab çiqariş quvvatlari hamda 40 ta yangi iş örinlari yaratiladi.
Bundan taşqari, “Töpalang GES” DUK tomonidan joriy yilning avgust oyidan boşlab umumiy quvvati 69 mVtni taşkil etuvçi 2 ta “Zarçob” kaskad kiçik GESlarining quriliş işlari zamonaviy texnikalar va malakali mutaxassislar jalb etilgan holda boşlab yuborildi.
Mazkur loyihalarning işga tuşişi bilan 60 ga yaqin iş örni yaratiladi.

















