Belgiya federal prokuraturasi joriy yilning boşidan terroristik faoliyatga doir 189 iş oçdi, oyiga örtaça 23 yangi ma'lumot kelib tuşmoqda. Bu haqida prokuratura ma'lumotlariga asoslanib, De Tijd gazetasi xabar berdi.
Manbaga köra, oçilgan jinoiy tergovlar soni böyiça 2015 yilda rekord natija qayd etilgan - öşa yili umumiy hisobda terrorçilikda gumon qilinayotganlarga nisbatan 313 iş oçilgandi. Bu asosan Suriyadagi uruşga yöl olgan belgiyalik fuqarolar bilan boğliq, deyiladi naşrda. Yangi tergovlar esa, asosan heç qaçon Suriyada bölmagan yoş "uy terrorçilari" bilan boğliq.
Bundan avval RTL teleradiokompaniyasi Belgiya IIVga asoslanib, 2017 yil holatiga köra, qirollikda politsiyaning ma'lumotlar bazasida terrorçilar bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan 18 884 kişi qayd etilganini ma'lum qilgandi. Bulardan 2,2 mingdan ziyod kişiga radikallaşuvga yöliqqan va agressiyani amalga oşirişga tayyor şaxs sifatida qaralmoqda.












