Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Özbekiston Davlat konservatoriyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Madaniyat vazirligi, Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Toşkent şahar hokimiyati va “Toşkent” Respublika fond birjasi”ning “Toşkent” Respublika fond birjasi”ga Toşkent şahri, Mustaqillik şoh köçasi, 107 manzilida joylaşgan binoning berilişi evaziga Toşkent şahri, Buxoro köçasi, 10 manzilida joylaşgan bino va inşootlarni davlatga balans qiymati böyiça beriş töğrisidagi taklifi ma'qullandi. 

Özbekiston Davlat konservatoriyasiga Toşkent şahri, Buxoro köçasi, 10 manzilida joylaşgan bino va inşootlarni boşqariş huquqi berildi. U yerda jahon standartlariga mos bölgan zamonaviy konsert zali barpo etiladi. Bunda “Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK tomonidan egallangan binolar istisno sanaladi.

Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş Davlat qömitasi huzuridagi Qimmatli qoğozlar bozorini muvofiqlaştiriş va rivojlantiriş böyiça Markaz boşqaruviga Toşkent şahri, Mustaqillik şoh köçasi, 107 manzilida joylaşgan binoning çap qismi birinçi qavati berildi.

Belgilanişiça, “Toşkent” Respublika fond birjasi” AJga berilayotgan bino qismi va davlatga berilayotgan binolar kompleksi balans qiymati örtasidagi tafovut “Toşkent” Respublika fond birjasi” AJga binoni kapital ta'mirdan çiqariş uçun taqdim etiladigan pul mablağlari hisobidan qoplanadi.