Ğazo sektorida yaşovçi bir neça yuz kişi 26 avgustda 30 yil içida ilk marotaba kinoteatrda film tomoşa qila olişdi. Bu haqda “Frans Press” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinişiça, Ğazodagi eng eski kinoteatr hisoblangan “Samer” bir keçaga tomoşabinlar uçun öz eşiklarini oçdi. Şanba kunidagi seansga 300 nafarga yaqin kişi keldi. Ularga Isroil qamoqxonalarida uşlab turilgan falastinliklar haqidagi “Ön yil” deb nomlangan film namoyiş etilgan. Film Ğazoda olingan.

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, "Samer" kinoteatri 1944 yilda qurilgan va ötgan asrning 60-yillarida yopib qöyilgandi. Sektordagi barça qolgan kinoteatrlar “birinçi intifada” (falastinlik arablarning Isroil hukumatiga qarşi qurolli kuraşi) vaqtida ötgan asrning 80-yillari oxirida yopilgan.

Film namoyişi taşkilotçisi Gxada Salmiyning aytişiça, bu namoyiş “Ğazoda kinoni tiklaş”ga qaratilgan sa'y-harakatlar ramzi hisoblanadi.

Birinçi falastin intifadasi (1987-1991 yillar) 1967 yilgi "Olti kunlik uruş" vaqtida Isroil tomondan Falastin hududlarining bosib olinişiga qarşi falastinliklar kuraşi hisoblanadi.