Ma'lumki, ayni kunlarda migrantlar masalasi nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyoda dolzarb ahamiyat kasb etgan. Shu nuqtai nazardan fuqarolarda kelib chiqayotgan savollar ham talaygina. Misol uchun migrantlarga yuridik xizmat ko‘rsatish qay darajada? KUN.UZ tahririyati Moskva shahrida “LeksMobayl” yuridik firmasiga asos solib, mehnat migrantlariga huquqiy yordam ko‘rsatib kelayotgan Botirjon Shermatov bilan suhbat uyushtirdi. Suhbat davomida migrantlarga yuridik xizmat ko‘rsatish sohasidagi muammo va yechimlar haqida so‘z yuritildi. Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, 2015 yili “LeksMobayl” yuridik firmasi tomonidan “MIGRANT” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirgi migratsiya jarayoni

Albatta, migratsiya mavzusi maqtanadigan narsa emas. Bu katta ijtimoiy muammo. Lekin bugungi kunda hammada har xil rivojlanish bo‘lmoqda. Barchaning o‘ziga yarasha sabablari bor. Hech kim bekordan bekorga vatanini tashlab chiqib ketmaydi. Migrantlarning muammosini uchga bo‘lgan bo‘lardim. Birinchisi – qabul qilayotgan davlatdagi qonunchilik bilan bog‘liq muammolar. Ikkinchisi – migrantlarning borishga tayyor emasligiga aloqador. Uchinchisi esa – davlat tashkilotlarining yetarli darajada ishlamasligi bilan bog‘liq muammolar.

Albatta, bularni hal qilishga harakat qilsa bo‘ladi. Xursand qiladigan jihati, so‘nggi vaqtlarda bu muammolar ochiq-oydin gapirilmoqda. Davlatimiz tomonidan migrantlarga nisbatan munosabat ancha o‘zgardi. Prezidentimiz joriy yilning aprel oyida Moskva shahriga borganlaridan so‘ng, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida ishga tashkiliy jalb qilish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Bu bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Rossiya haqida

Rossiyada qonun qabul qilingan paytda, uni qabul qilganlar qancha migrant borligini hisobga olishmaydi. Vaholanki, u yerda 10 milliondan ortiq migrant bor. Hozir Rossiyada O‘zbekistonning 1 million 700 mingdan oshiq fuqarosi bor, deb rasmiy aytilayapti. Mehnatga jalb qilish bilan bog‘liq harakatlar esa hali yetarli emas. Chunki u yerdagi odamlarning soni juda ko‘p. Albatta, O‘zbekistondan hozir ishchilarni olib borish bo‘yicha tashkiliy ishlar boshlandi. Biroq u yerda bizning hujjati qo‘lida bo‘lgan, ammo ish bilan ta'minlanmagan fuqarolar ham bor. Shunga e'tibor berishga intilish kerak. Har kuni migratsiya markazlaridan minglab insonlar o‘sha ruxsat beruvchi hujjat bilan chiqadi, lekin yaxshi ishlar yo‘q. Qayerga borib, kimning qo‘liga tushishi noma'lum. Shu sababdan bu yerda ishlab yurgan, hujjati tayyor fuqarolarimizni ish bilan ta'minlash bo‘yicha shug‘ullanishsa ham yaxshi bo‘lardi. Bundan tashqari, elchixonamizning konsullik bo‘limi bilan bog‘liq bir qancha