Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Imom Al-Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqida Prezident matbuot xizmatida xabar berildi.
Davlat rahbari majmua qoşida oçilişi möljallanayotgan Xalqaro ilmiy markaz qurilişi bilan tanişdi. Uşbu markaz Imom Buxoriy va boşqa mutafakkir allomalarimizning mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi bebaho ilmiy-ma'naviy merosini töplaş, örganiş ularni xalqimiz va jahon jamoatçiligiga yetkaziş bilan şuğullanadi.

Ş.M.Mirziyoyev bu yerda islom dini tarixi, ta'limoti yoşlarga eng mukammal öquv reja va dasturlar asosida öqitilişi zarurligi, bu markaz esa ajdodlarimizga munosib ravişda jahonda öz örniga ega bölişi kerakligini ta'kidladi.

Prezidentga majmua atrofida joylaşgan savdo va maişiy xizmat körsatiş şoxobçalarini rekonstruksiya qiliş, yöl böyida yangi turar-joylar bunyod etiş, ziyoratçilar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş, obodonlaştiriş borasida olib borilayotgan işlar töğrisida ma'lumot berildi.

Şavkat Mirziyoyev amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan işlar loyihalarini takomillaştiriş, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantiriş böyiça quruvçi va mutasaddilarga zarur körsatmalar berdi.

















