Dunyoning eng yirik Facebook ijtimoiy tarmoği asosçisi Mark Tsukerberg ikkinçi farzandining dunyoga kelgani haqida xabar berdi. 

"Qadrli Avgusta, bu dunyoga xuş kelibsan! Onang va men sening kim bölib voyaga yetişingni sabrsizlik bilan kutamiz", - deb yozadi Tsukerberg özining Facebook sahifasida. 

Ta'kidlaş joizki, Tsukerberg bundan avval qizi dunyoga kelganidan söng ikki oy dekret ta'tilini olişini aytgandi. U Facebook rahbariyati ota-onalarga 4 oylik dekret ta'tilini berişini qayd etgan. 

Mark Tsukerberg — 33 yoşli işbilarmon, Facebook ijtimoiy tarmoğining asosçisi. Harvard universitetining ikkinçi kursidan öqişni taşlab, özini butkul biznesga bağişlagan. 2017 yilning birinçi yarim yilligida ijtimoiy tarmoqning faol foydalanuvçilar soni örtaça 2,01 milliard kişiga oşdi. 2012 yilda Tsukerberg Pristsilla Çanga uylangan, 2015 yilning dekabrida esa ular ilk marta ota-onalik baxtiga erişişgan. Juftlikning birinçi qiziga Maksima deya ism qöyişgan.