Bu xabar bir lahzada çaqmoqdek çaqnadi va yurtimiz internet olamini aylanib çiqdi. Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyevning xalq tilida (va ohangida) «Narxöz» deb ataluvçi Iqtisodiyot universitetiga qabul qilingan talabalar röyxatini tahlil qilgani hammani hayratda qoldirdi.
Yönalişlarga köra oxirgi qabul qilingan talaba bilan omadsizlar röyxatidagi birinçi abituriyent töplagan ballar orasidagi tafovut «arzimas» 70, 90 va hatto 103 ballni taşkil qilmoqda. Yana qabul qilinganlarning hammasi tartib bilan berilgan raqamlarga ega, ya'ni bir auditoriyada ötirganlari kundek ayon.
Balki bunga öxşaş holatlar avval ham kuzatilgandir, ammo biror marta omma e'tiboriga havola etilganini eslaş qiyin. Joriy yilda tasodifmi, qalam erkinroq öynoqlab qoldimi yoki imtihon oldidan kazo-kazolar çiqib «Bu yil hammasi şaffof» (iddaoni qarang, «Bu yil!», oldingi yillar qanaqa edi?), «Rektorskiy?! Nima u?», «Siz bilimingizga işoning, qolgan hammasi bekor») deya yoqa yirtganlari uçunmi, bu holat xursandçilikdan lov-lov yonib turgan yuzimizga bir çelak muzdek suv sepgandek şalviratdi, qöydi.
Hammasi yolğon ekan!
Yoki eng kamida hali ham eski tizimni saqlab qolgan OTMlar hamon bor ekan!
Endi nima böladi? (taxminlar, albatta)
1. Eng avvalo, kimlardir hammasini boşlagan «aybdor» sifatida Xuşnudbekka bosim ötkaza boşlaşadi. Avval narxözning korçalonlari, bu iş bermasa, ularning turli taşkilotlardagi «okaxon»lari dastlab oddiy qönğiroq, keyinçalik yuzma-yuz uçraşuvda hammasini oçiqça «tuşuntirib qöyişga» harakat qilişadi. Çunki Xuşnudbek faqat dastlabki dalillarni taqdim etdi va tugal maqolani keyinçalik e'lon qilişini bildirdi. Öşa maqola çiqmay qöya qolişi va işni “yopdi-yopdi” qilişi uçun hamma çoralarni körişadi. Eng osoni sifatida öz tabiatlaridan kelib çiqib, yaxşigina «soqqa» taklif qilişlari ham mumkin. Ammo biz Xuşnudbek Xudoyberdiyevga işonamiz! Agar u pulning ortidan quvgan inson bölganida, hozirgi layoqati bilan allaqaçon imkonini topgan bölardi;
2. Har qança bong urilmasin, heç narsa özgarmaydi. Öşa «super aqllilar» heç narsa bölmaganday öqişga kelaverişadi, «domullo»lar heç narsa bölmaganday öqitişaveradi. Ta'lim ham qabul qanday «şaffof va adolatli» bölgan bölsa, xuddi şunday davom etaveradi;
3. Agar adolat bölsa, qabul qilingan şavvozlardan butunlay voz keçiladi va keyingi örindagilar birdaniga, imtihonsiz qabul qilinadi. Şu holatda yetarli jazo va tasalli ta'minlanişi mumkin. Yoki öşa «bilimlilar» uçun qayta imtihon ötkaziladi (qayta imtihon uslubini alohida işlab çiqiş lozim).












