ProBeamUST va MiniBeam proyektorlari mukammal uy kinoteatrlari uchun. Keng to‘plamli qulay funksiyalarni sinab ko‘ring.
Mana olti yildirki, LED-proyektorlar yo‘nalishida yetakchilikni saqlab kelayotgan LG Electronics (LG) kompaniyasi Yevropaning eng yirik IFA maishiy texnika va elektronika ko‘rgazmasida ikki yangi qurilmasini namoyish etib, o‘z yetakchiligini yanada mustahkamlashga qaror qildi. Kompaniya LED/lazer proyektorlar bozoridagi ulushini oshirish strategiyasi doirasida Berlinda ProBeamUST (UltraShort-Throw texnologiyali) lazer proyektori va MiniBeam (modelPH30JG) proyektorlari taqdimotini o‘tkazadi. Tahlillarga ko‘ra, LG'ning LED/lazer proyektorlar bozoridagi ulushi uch yildan keyin 5,7 milliard dollarni tashkil qiladi.

LGProBeamUST qurilmasi proyektordan ultra-yaqin masofada FullHD-tasvirni ta'minlaydi va shu orqali uy sharoitida film atmosferasiga to‘liq "sho‘ng‘ish" imkonini beradi.

UltraShort-Throw texnologiyasi shunisi bilan qulayki, proyektor simsiz bo‘lib, professional o‘rnatuv yoki proyektor va ekran o‘rtasida qo‘shimcha joy talab qilmaydi (ProBeamUST 100 dyuymli tasvirni aks ettirishi uchun atigi 12 santimetr kerak bo‘ladi). ProBeamUST boshqaruvi intuitiv darajada amalga oshiriladi, unga alohida joy kerak bo‘lmaydi - shunchaki proyektorni istagan mebel ustiga joylashtiring va kinoseansdan zavq oling.

Proyektorlarning yorug‘lik sharoitidagi samarasiga shubha qilayotgan iste'molchilarning xavotiriga hojat yo‘q, zero LG ProBeamUST'ning yorqinligi 1500 ANSI-lyumenni tashkil qiladi, bu kompaniyaning undan avvalgi qurilmasidan 1,5 barobar ko‘p demakdir. ProBeamUST'ning kontrastlik koeffitsiyenti esa 150000:1'ga teng, u har qanday shou yoki kinofilm namoyishi vaqtida jonli va aniq tasvirlar bilan ta'minlaydi. Bundan tashqari, ProBeamUST lampasi juda uzoq vaqt - 200000 soatgacha xizmat ko‘rsatadi. I-shaklli innovatsion lazer mexanizmi qurilmani ingichka va silliq dizayn bilan ta'minlaydi, natijada u har qanday intererda ham ajoyib ko‘rinish oladi.





















