«Saytda «Maxsus guruhlar Toşkent moliya institutida ham işlagani gumon qilinmoqda» nomli maqola e'lon qilingandan söng, institut ma'muriyati boşqa Oliy ta'lim muassasiga bölgani kabi, biz ham sayt xodimlari tomonidan murojaat qilinişini kutgan edik. Ammo, sayt tomonidan murojaat bölmaganidan söng mazkur holatga öz munosabatimizni bildirişni lozim topdik», — deb boşlanadi Toşkent moliya institutining tahririyatimizga jönatgan xati.

Institutga joriy yilda hujjat topşirayotgan abituriyentlarga barça ma'lumotlarni oşkor qiliş, şaffoflikni ta'minlaş maqsadida 2017–2018 öquv yili uçun bakalavr va magistratura böyiça qabul kvotalari ta'lim yönalişlari va mutaxassisliklari kesimida «Xalq sözi» gazetasining 2017 yil 15 iyun sonida e'lon qilindi.

Ammo dastlabki ön kun davomida abituriyentlar hujjat topşirişi sust bölgani bois, rahbariyat tomonidan tarğibot işlarini kuçaytiriş söraldi. Söngra biz tomondan ta'lim oluvçilarning sevimli gazetasi bölgan «Ma'rifat» gazetasining 24 iyun sonida e'lon berildi.

E'tirof etiş joizki, şundan keyin hujjat topşiruvçilar soni keskin orta boşladi va ötgan yilga nisbatan joriy yilda 1112 nafar abituriyent köp hujjat topşirdi. Şuningdek, qabul töğrisidagi ma'lumotlar bir vaqtning özida ham institut saytida, ham Davlat test markazi saytida davriy ravişda e'lon qilib borildi. Körib turganingizdek, bu yerda heç bir yönaliş va uning kvotasini yaşiriş imkoniyati yöq.

Abituriyentlarga maksimal qulaylik yaratiş maqsadida har bir yönaliş va ular kesimidagi fakultet hayotini aks ettiruvçi tarğibot stendlari qöyiş bilan birga, har bir yönaliş böyiça kunlik topşirilgan hujjatlarni aks ettiruvçi e'lonlar doskasi ham barça uçun körinarli joyda turdi. Abituriyentlar mazkur ma'lumotlar bilan tanişib, topşiradigan yönalişini aniqlab olgandan keyin hujjatlarini topşirişga muvaffaq bölişdi.

«Toşkent moliya instituti qabul komissiyasida abituriyent xohlagan yönalişiga hujjat topşira olmaydi, topşirgan taqdirda ham boşqa yönalişga ötib qoladi» mazmunidagi fikr ham asossizdir. Biz bunga umuman yöl qöyganimiz yöq. Çunki, qabul davomida abituriyent qaysi yönalişga hujjat topşirgan bölsa, öşa yönaliş böyiça test topşirib çiqdi. Bitta holatda «Davlat byudjyetining ğazna ijrosi» yönalişiga topşirdim, ammo hujjatlarim «Moliya» yönalişidan çiqib qoldi», mazmunida Prezident portaliga şikoyat tuşdi. Ammo uşbu abituriyent çaqirtirilib, masalaga oydinlik kiritilganda, hujjatlar özi topşirgan yönalişda ekanligi körsatib berilgandi. U «köçada menga şunday deb aytişgani uçun yozdim», deb javob berdi. Keyin adaşganligi, tuşunmovçilik asosida köçadagi gaplarga işonib, şunday qilganligi va TMI qabul komissiyasiga e'tirozi yöqligini yozma ravişda ma'lum qildi