Griffin to‘g‘ridan-to‘g‘ri reportajni olib borayotgan paytida, uning ortida ichida haydovchi bo‘lgan avtomobil suv bilan to‘la bo‘lgan chuqurga tushib ketgan.

«Chiq, oshna!» - degan teleboshlovchi va erkakka mashinadan chiqib olishga yordam bergan.

Griffinga prodyuser Brayan Rokus ham ko‘maklashgan.

Ta'kidlanishicha, erkakka tegishli bo‘lgan pikap suvga g‘arq bo‘lgan. U suratga olish guruhiga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq Di Kaprio «Harvi»dan jabrlanganlarga 1 mln dollar xayriya qilgani xabar berildi.